Toshkentda mebel sexi yonib ketdi
Hodisa olti soat ichida bartaraf etilgan, besh nafar ishchi yongʻindan qutqarib olindi.
Toshkentdagi mebel sexida yongʻin kuzatildi, hodisa olti soatda bartaraf etildi. Yongʻin oqibatida besh ishchi qutqarilgan.
2024 yil 27 fevral kuni soat 00:13 da Chilonzor tumani, Sugalli ota koʻchasida joylashgan, angar sifatida foydalanib kelayotgan mebel ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Yongʻinga soat 00:17 da yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yongʻin soat 01:29 da oʻrab olingan va soat 05:52 da toʻliq bartaraf etildi.
Yongʻinni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yongʻin-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etildi.
Yongʻin-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yongʻindan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Yongʻin oqibatida xalok boʻlganlar yoʻq.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi FVV maʼlumotida.
Oldinroq Toshkentdagi biznes markazida yongʻin kuzatilgandi.