platina.uz
Jahon

NATO kengaymoqda: Vengriya Shvetsiyaning alyansga kirishiga rozi boʻldi

Vengriya parlamentining 188 deputati ushbu qarori yoqladi,  olti nafari esa qarshi chiqqan. 

NATO kengaymoqda: Vengriya Shvetsiyaning alyansga kirishiga rozi boʻldi

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini maʼqulladi va shu tariqa mamlakatning Shimoliy Atlantika ittifoqiga aʼzo boʻlishi yoʻlidagi soʻnggi toʻsiq hal etildi.

Vengriya NATOning 31 ta davlati ichida Shvetsiyaning arizasini maʼqullagan oxirgi boʻldi. Yanvar oyida esa ushbu masala boʻyicha ovoz berishni uzoq muddatga qoldirgan yana bir davlat - Turkiya parlamenti ittifoqqa qoʻshilishga rozilik bergandi.

Vengriya parlamentining 188 nafar deputati Shvetsiya arizasini ratifikatsiya qilish uchun, olti nafari esa qarshi ovoz berdi.

Ovoz berishdan soʻng Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson buni oʻz mamlakati uchun tarixiy kun deb atadi.

“Bugun tarixiy kun. Endi barcha NATO davlatlarining parlamentlari Shvetsiyani alyansga qabul qilish uchun ovoz berishdi. Shvetsiya Yevro-Atlantika xavfsizligini taʼminlashda yordam berishga tayyor”, - deb yozadi Kristersson internetda.

Ikki yuz yildan beri harbiy ittifoqlarga qoʻshilmagan Shvetsiya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng koʻlamli tajovuzi boshlanganidan keyin Finlyandiya bilan birga NATOga aʼzo boʻlish uchun ariza bergandi. Lekin uning arizasi dastlab Turkiya va Vengriya tomonidan tasdiqlanmay kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid