platina.uz
Jamiyat

Namanganda mudofaa boshqarmasiga yarim milliard soʻm ajratildi

Shavkat Abdurazzoqov imzolagan farmoyishga koʻra, mablagʻ toʻrt mingga yaqin harbiy xizmatchiga sarflanadi. 

Namanganda mudofaa boshqarmasiga yarim milliard soʻm ajratildi

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishni imzoladi.

27 fevral kuni eʼlon qilingan farmoyishga koʻra, viloyat mudofaa boshqarmasiga 506 million soʻm 120 ming soʻm mablagʻ beriladi. Ushbu pul 2024 yil mavsumida harbiy xizmatga yuborilayotgan va xarbiy xizmatni oʻtab boʻlgan 3940 nafar harbiy xizmatchilarni manzillariga olib borish va olib kelish, 1964 chaqiriluvchining gigiyenik vositalaridan iborat "Oʻzbekiston Qurolli kuchlari" sumkalari va boshqa sovgʻalar xarajatlari uchun ajratiladi.

Farmoyishda pul sarflanadigan ashyolar sifati tekshirilishi va ortib qolgan mablagʻlar viloyat byudjetiga qaytarilishi belgilangan.

Hokim Shavkat Abdurazzoqov fevral oyi boshida "Navbahor" klubi uchun 2,5 mlrd. soʻm ajratgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid