Angliya, Germaniya, Koreyada ish: katta oyliklar, oilaviy ketish, tayinli mehnat va boshqalar haqida
Platina.uz xorijiy ish beruvchilarning talablari, nomzodlarni tanlash, imtihonlardan oʻtkazish, yurtdoshlarimizning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili bilan suhbatlashdi.
Hozirda mehnat bozorini diversifikatsiya qilish, xorijda ishlash istagini bildirgan yurtdoshlarimizni munosib sharoit va maosh taklif etadigan ish joylari bilan taʼminlash jarayoni takomillashmoqda. Platina.uz xorijiy ish beruvchilarning talablari, nomzodlarni tanlash, imtihonlardan oʻtkazish, yurtdoshlarimizning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori matbuot kotibi Ortiqxoʻja Norov bilan suhbatlashdi.
– Assalomu alaykum, xush kelibsiz!
– Assalomu alaykum! Rahmat.
– Nega oxirgi paytlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi juda koʻplab davlatlarga vakansiyalar ochilganligi haqidagi eʼlonlarni koʻpaytirdi? Bu xorijdagi ish beruvchilarning tashabbusimi yoki Tashqi ishlar migratsiyasi agentligining rejalariga muvofiq boʻlyaptimi?
– Mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish, umuman yangi mehnat bozorlarini ochish, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish boʻyicha saʼy-harakatlar ancha oldinroq boshlangan. Oxirgi paytlardagi xorijiy ish beruvchilarning vakansiyalari koʻpayib borayotganidavrlarda boshlangan saʼy-harakatlarning bir natijasi. Bu hali birinchi bosqichi, bundan keyinvakansiyalar soni yanada koʻpayishi kerak. Bu Oʻzbekiston tomonining xorijiy davlatlarning salohiyatli va yirik ish beruvchilari hamda sohaga oid vakolatli tashkilotlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasidir. Ikkinchi tomondan, bugungi iqtisodiyoti rviojlangan davlatlarda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoj katta hamda vakansiyalar soni koʻpayganini shu omil bilan izohlash mumkin.
– Oxirgi paytlarda, masalan, Rossiyada migrantlarga boʻlgan munosabatning yomonlashuviga guvoh boʻlyapmiz. Diversifikatsiya masalasiga mana shunday omillar ham sabab boʻlmayaptimi?
– Eʼtibor beradigan boʻlsak, 2018 yilda mamlakatimizda xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida qonun qabul qilingan. Ushbu qonunni migratsiya sohasini diversifikatsiya qilish boʻyicha birinchi jiddiyqadamdeb hisoblash mumkin. Mazkur qonun bilan shu paytgacha migratsiya mehnat migratsiyasi sohasi boʻyicha faqat yagona davlat tashkiloti sifatida tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shugʻullanib kelgan boʻlsa, bu vakolat endi xususiy sektorga berildi. Demak xususiy tadbirkorlik subʼektlari ham shunday faoliyat bilan shugʻullanish vakolatiga ega boʻldi. Toʻgʻri oʻrtada ozginahar xil firibgarlik holatlari boʻldi, ushbu qonunga oʻzgartirishlar kiritildi, qayta tahrirda eʼlon qilindi. Nima boʻlganda ham, bu saʼy-harakatlar ancha oldin boshlangan. Undan keyin bu masala yuzasidan bir necha prezidentqarorlari eʼlon qilindi va ularning barchasi sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratdi. Shuningdek, pandemiya paytida migratsiya sohasida nozik jihatlar koʻzga tashlanib qoldi. Shundayn keyin bu jarayon yanada tezlashib ketdi. Demakki, rivojlangan davlatlarga fuqarolarni ishga jalb qilishga zarurat kuchaydi.
Umuman olganda, ishlash istagidagi u inson uchun tanlov boʻlishi kerak: xoh bu vatanda boʻlsin, xoh bu xorijda. Xorijdayam faqat 1-2 ta davlat bilan bogʻlanib qolish kerak emas. Misol uchuninsonni salohiyatidan,insonning imkoniyatidan, bilim darajasi, malaka darajasidan kelib chiqib u insonda albatta tanlov boʻlishi kerak. Bugun mana shu nuqtai nazardan fuqarolarga koʻplab vakansiyalar taklif etilmoqda
– Xorijdagi ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzayotganda ularda yaratilajak mehnat va yashash sharoitlarni ham oʻrganasizlarmi? Masalan Isroil tomoni falastinliklarning oʻrniga Oʻzbekiston va Hindistondan odamlar chaqirayotgan ekan, shu taklifga darrov labbay, deb javob berasizlarmi yoki migrantlarimizning mehnat huquqlarini himoya qiladigan shart-sharoitlari bilan ham tanishib keldinglarmi?
– Toʻgʻri aytyapsiz, avvalo ish beruvchi qanday baholanadi, degan savolga javob topishimiz kerak. Birinchidan, bu ish fuqarolarimiz manfaatiga toʻgʻri keladimi-yoʻqmi? Fuqarolarimiz talab qiladigan oylik maoshni bera oladimi yoʻqmi? Unifuqarolarimiz borgandan keyin qanaqa yashash joyi taklif etyapti. Misol uchun yoʻl xarajatlari, viza xarajatlari, ertaga uning ijtimoiy himoyasi, qiyin ahvolda qolsa unga yordam, sugʻurtasi va boshqa-boshqa masalalar albatta koʻzda tutiladi. Kerak boʻlsa biz uni oʻrganib, joyiga chiqqan holda, yotoq joyigacha, hamma-hamma masalasini batafsil oʻrganamiz. Misol uchun rivojlangan davlatlarning aksariyati bugungi kunda mahalliy, oʻzlarini fuqarolariga teng boʻlgan mehnat sharoitlari, shartlarni taklif etyapti. Misol uchun Germaniya ish beruvchilari oʻz fuqarolari qanday imkoniyatlar va vakolatlarga ega boʻlsa, xuddi shunday sharoitni bizning fuqarolarga ham taklif etyapti.
Endi, haligi siz aytgan bahsli hududlar masalasiga kelsak. Misol uchun biz bugungi kunda Qrimga ham fuqarolarni joʻnata olmaymiz. Chunki bu bahsli hudud. Shuningdek, harbiy harakatlar ketayotgan Donbass hududlariga ham joʻnata olmaymiz. Bunday taklif boʻlgani ham yoʻq. Agar boʻlgan taqdirda ham fuqarolarimiz xavfsizligi va boshqa jihatlarni oʻylab, bunday takliflarni qabul qilmaymiz va rad etamiz.
Toʻgʻri, Isroil bilan mehnat migratsiyasi sohasida kelishuv bor. Falastin va Isroil oʻrtasidagi nizolardan oldin bu harakatlar boshlangan edi. Hozir ham Isroilda mehnat migrantlarimiz bor. Bu haqda u yerdagi elchixonamiz ham oʻz paytida maʼlumot bergan. Endi vaziyat oʻzgarli,hududda siyosiy barqarorlik taʼminlanmagunicha fuqarolarimizni joʻnata olmaymiz. Bu haqda rasmiy xabarlar ham tarqatdik. Javobimiz shu! Chunki fuqarolarimiz maʼlum bir davlatga ishga borayotganida yoʻlda, umuman yashashida, ishlashida qandaydir manfaatlariga zid holatlar mavjud boʻlsa, albatta, bunday takliflarga rozi boʻla olmaymiz.
– Agar mehnat migrantlari qandaydir muammolarga duch kelishsa, ularning sogʻligi yoki ish beruvchilar bilan muammolar kelib chiqsa, birinchi navbatda konsul yoki elchixonamizga murojaat qilishi kerakmi yoki agentlikkami?
– Albatta, issiq jon, bunday holatlar boʻlishi mumkin. Avvalo mehnat shartnomasida mana shunday vaziyatlarda nima qilinadi, degan savol aks etishi kerak. Agar mehnatga layoqatsiz boʻlib qoldi yoki ish beruvchi vaʼda qilingan ish hajmini taʼminlab bera olmadi, deylik. Bunday paytda kompensatsiya masalalari koʻzda tutilgan. Boshqa masalalar ham bor. Albatta bu huquqiy nuqtai nazardan mehnat shartnomasi va boshqa kelishuvlarda oʻz aksini topadi. Misol uchun fuqarolarimizning bir davlatga, bir ish beruvchiga joʻnatishdan oldinish beruvchi va migratsiya agentligi oʻrtasida shartnoma kelishuvi imzolanadi. Ushbu kelishuv shartnomasiga asosan fuqarolarimizni tanlovlardan oʻtkazib, keyin joʻnatiladi. Ular qiyin ahvolga tushib qolishsa, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat etishlari mumkin. Shuningdek, Rossiyaning yana 16 ta yirik shaharlarida vakolatxona xodimlari doimiy faoliyat yuritishadi. Shu bilan birga, Qozogʻistonning Chimkent shahrida, Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida, Turkiyaning Istanbul shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining doimiy vakillari ish yuritadi. Hozircha faqat shu davlatlarda. Biz vakillarimizni manzillari va telefon raqamlarini oʻzimizning axborot kanallarimizda takror va takror eʼlon qilib turamiz. Boshqa davlatlarda ham konsullik idoralari, elchixonalarimiz mavjud. Shu bilan birga mehnat migratsiyasi boʻyicha attashe lavozimi ham joriy etilgan. Umuman olganda, fuqarolarimiz mana shu joylarga borib murojaat qilishi mumkin. Endi fuqarolarda savol tugʻilishi mumkin. Misol uchun, “men rasman yoki Migratsiya agentligi orqali kelmaganman-ku, men yordam soʻray olmanmi” deyishlari mumkin. Lekin u baribir Oʻzbekiston fuqarosi, Oʻzbekiston himoyasida boʻlishi kerak. Shuning uchun, nima boʻlishidan qatʼi nazar, agar fuqaro qiyin ahvolda qoladigan boʻlsa, yuqorida zikr etilgan idora va vakillarga murojaat qilishi kerak boʻladi.
Umuman olganda, muroajaat qilish sharoitlari qonunlar bilan tartibga solingan. Quyidagi holatlarda fuqarolarga yordam berilishi mumkin: Birinchi navbatda, xorijda qiyin ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarosi bir martalik moddiy yordam olishi mumkin. Bu bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, yaʼni 50-60 dollar miqdorida boʻladi. Bu katta mablagʻ boʻlmasa-da, oʻzini tiklab olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular xorijda vaqtinchalik hostellarga joylashtirilishi mumkin. Chunki xorijdagi hostellar bilan kelishuvlarimiz bor. Agar fuqaro murojaat qiladigan boʻlsa, unga hududdagi hostel manzili beriladi. Hostel xarajatlari Oʻzbekiston tomonidan qoplab beriladi. Agar u kasal boʻlsa yoki mehnatga layoqatsiz ahvolga kelib qolgan boʻlsa, davlatda ishini davom ettira olmaydigan darajaga kelib qolgan boʻlsa, unday fuqaroni albatta vatanga qaytarish zarur boʻladi va buning sarf-xarajatlari ham albatta Oʻzbekiston tomonidan qoplab beriladi.
– Hozirgina aytdingiz, xorijdagi ish beruvchilar davlatdagi mehnatkashlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, baravar teng sharoitlarni yaratadi, deyapsiz. Lekin eshitishimizga qaraganda, oylik maoshlari nisbatan kam ekan.
– Albatta, gapingizda jon bor. Lekin siz tanishgan vaziyatlarda xorijiy davlat, aytaylik, Germaniya fuqarosi boshqa sohada ishlayotgan boʻlishi mumkin. Lekin aynan bir joyda va bitta turdagi ishda mehnat qilishsa, mehnat migrantlarimiz va xorij fuqarosi bir xil sharoit, huquq, imkoniyat va maoshlarda ishlashadi. Bu haqda eʼlonlarimizda ham yozib qoʻyganmiz. Bu yerda albatta iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar haqida gap ketyapti. Albatta ayrim davlatlarning qonunchiligida baʼzi bir istisno holatlar koʻzda tutilgan boʻlishi mumkin. Lekin biz, hali yuqorida aytganimizdek, ish beruvchini tanlashda, ular bilan muzokaralar oʻtkazilayotganda bu jihatlarnialbatta inobatga olamiz.
– Bizning fuqarolarimiz, mehnat migrantlarimiz xorijiy ish beruvchilarning qanchalik talablarga javob beryapti? Masalan, til bilishi talabga javob beradimi, hunarga egami? Shu jihatdan olganda, kadr topish qiyin boʻlmayaptimi?
– Albatta qiyin. Masalan, Germaniya mehnat bozoriga bugungi kunda 50 mingta vakansiya, talabnoma olganmiz. Shuncha fuqaroni biz chet davlatga ishga joʻnatish imkoniyatiga egamiz. Yoki boʻlmasa birinchi marta, haligi bunaqasi boʻlmagan: Janubiy Koreyaga ishga joʻnatish oldidan imtihon jarayonlariga birinchi marta 100 ming nomzodni jalb qilishmoqchi. 100 ming! Bu oldingilariga qaraganda juda katta farq. Lekin har bir ish beruvchining talabi oʻziga xos. Misol uchun, hozir Germaniyadagi 15 nafar ish beruvchi bilan faol hamkorlik qilayotgan boʻlsak, har birining talablari har xil. Biz har bir ish beruvchi bilan individual ishlaymiz va albatta uning talablarini fuqarolarimizga yetkazamiz. Endi shunga mos keladigan nomzodlar bormi, yoʻqmi, deyilsa, albatta talabga qaraganda taklif qilinayotgan fuqarolarimizning soni kamroq. Misol uchun 2023 yilda Janubiy Koreya 9000 ta fuqaroni ishga olmoqchi edi. Lekin 5000 ga yaqin fuqaro ishga ketdi. Sababi shundaki, hamma nomzodlar ham talabga javob bera olishmadi. Germaniya borasida ham vaziyat shunday: har bir davlat ularga ishga kelayotganxorijiy davlat fuqarosi davlat tilini qaysidir darajada bilishini talab qiladi. Eng minimal talablar bor. Masalan, Janubiy Koreyaning talablari HRD – inson resusrlarini rivojlantirish xizmati tomonidan tartibga solinadi. Oʻzbekistonga oʻxshagan 16 ta xorijiy davlatlarda bir xil talablar asosida ishchi kuchini jalb qiladi. EPS TOPIK, yaʼni imtihon orqali koreys tilini bilish darajasini tekshiradi. Testdan, agar adashmayotgan boʻlsam, 55 ball olish kerak, eng kamida. Lekin 55 balldan kam natija koʻrsatgan fuqaro keyingi tanlovlarda qatnasha olmaydi. Koreya tomoni koʻzi bilan qaraganda bu koreys tilini tushunmaydi, anglamaydi, degani. Ertaga ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin. Lekin kerakli miqdorda fuqaro yigʻilmadi. Agar shu 55 balldan yuqori ball olgan fuqarolarning soni koʻproq boʻlganida demak bu raqam ortishi mumkin edi. Hozir Germaniya boʻyicha ham shunday. Angliya yoʻnalishi boʻyicha qishloq xoʻjaligi sohasida mavsumiy ishlarga fuqarolarimiz ketyapti. Oʻtgan yili 2000 ga yaqini ketgan boʻlsa, bu yil mana yil boshidan beri, birinchi kunlaridan fuqarolarni joʻnatishni boshladik. Yil yakunigacha bu raqam koʻproq boʻlishi kerak. Albatta ularning talablari osonroq, chunki ingliz tilini bilish kerak degan talabi yoʻq. Lekin rus tilini baribir bilishi kerak. Koʻryapsizmi, hamma ish beruvchining talabida til bilish darajasi boʻyicha va malaka talabi bor. Endi toʻgʻri kelgan ishga borish, keyin bir gap boʻlar, degan tasavvur bilan xorijga ketadigan zamon emas hozir, fuqaro qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Barqaror ish kerak boʻlsa, yaxshi daromad kerak boʻlsa, yaxshi mehnat sharoiti kerak boʻlsa, albatta til bilishi va malakaga ega boʻlishi kerak.
Masalan, Janubiy Koreyada Ye-9 ishchi vizasi bor. Bu malaka talab etilmaydigan ishchi vizasi. 18 yoshga toʻlgan va 40 yoshga toʻlmagan, jismonan sogʻlom boʻlgan va shu koreys tilini ular talab qiladigan darajada biladigan fuqarolar qatnashishi mumkin bu tanlovda. Ye-9 ishchi vizasi faqat ishchining oʻziga beriladi, uning qarindoshi yoki oila aʼzosiga berilmaydi. Koreyada Ye-7 ishchi vizasi ham bor. Bu malakali ishchilarning ishchi vizasi. Agar malakasiz boʻlsangiz, sizga Ye-9 oddiy ishchi vizasi beradi, faqat oʻzingizni chaqiradi. Agar sizning malakangiz boʻlsa, ham ish haqingiz koʻproq boʻladi, ham oila aʼzolaringiz bilan birga borish imkoniyati paydo boʻladi. Bu borada har bir davlatning yondashuvi har xil.
Men hozir birinchi qadamni aytyapman. U oilasi bilan borgandan keyin albatta u ikkinchi qadam – oila aʼzosiga ham ish qidirish, ish topish imkoniyati boʻladi. Endi boshqa davlatlar, Germaniyaga toʻxtalsak. Umuman olganda bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarolari uchun istiqbolli loyihalardan biri bu Germaniya bilan migratsiya sohasida hamkorlik. Ulardan koʻplab sohalardan takliflar boʻlyapti. Bilamiz, Germaniya bugungi kunda demografik muammolarni boshidan kechiryapti. Yoshlar, tugʻilish bilan bogʻliq muammolar yuqori. Shu sababdan Germaniya hukumati migrantlar uchun eshiklarni ochyapti, qonunchilikni yumshatyapti. Germaniya ham nafaqat ishchining oʻziga, shu bilan birga uning oila aʼzosiga ham sharoitlar yaratib berishni koʻzda tutyapti. Bunday imkoniyat mavjud.
Buyuk Britaniya masalasida esa, oʻtgan 2023 yilda faqat mavsumiy qishloq xoʻjaligi sohasida 2000ga yaqin fuqaroni jalb qilgan edik. U tashkillashtirilgan, qonuniy yoʻllar bilan 6 oyga boradi va 6 oydan keyin albatta mamlakatdan chiqib ketishi kerak boʻladi.Agar ish beruvchiga maʼqul kelsa, yaxshi tavsiya berilsa,u keyin hech qanday toʻsiqlarsiz, imtihonlarsiz yanaish beruvchiga qaytib borishi mumkin. Yaqin kunlarda mana shunday eʼlon berilishi kutilyapti. Buyuk Britaniyada yangi yoʻnalish – tibbiyot sohasida hamshiralik ishlari boʻyicha yangi vakansiya ochilyapti. Va bu yoʻnalishda oila aʼzolarini taklif qilish, oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash masalalari koʻzda tutilyapti.
Albatta, dunyo mehnat bozori keng va hamma imkoniyatiga qarab, talabiga qarab qobiliyatiga qarab ish topishi ummkin boʻladi. Va umuman olganda, bundan buyon, prognozlarga qaraganda, yaqin yillarda iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarni xorijiy ishchilarga boʻlgan talabi oshib boraveradi. Bu demografik muammolar bilan bogʻliq. Yoki boshqa masalalar bilan bogʻliq. Shu bois haliyam kech emas.Tasavvur qiling, kimlardirdoimiy oʻrganib qolgan, borish oson boʻlgan davlatlarga ishga ketdi. Boradi, 1 oyda deylik, 200-300-400 dollar oylik maosh oladi. Lekin uning mahalladoshi, boshqa bir sherigi boshqa rivojlangan davlatlarga ishga bormoqchi. Toʻgʻri bugun keta olmaydi. Chunki u davlatning tilini bilmaydi. Yoki uning bir malakasi yoʻq. Malakasini tasdiqlaydigan bir sertifikat hujjati yoʻq. Deylik 3 oy, 6 oy – nemis tilini oʻrganadi. Yoki boʻlmasa, yuk mashinasi uchun haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻqiydi. Toʻgʻri talab vaqt ketyapti. Qanchadir sarmoya sarflaydi. Lekin 6 oydan keyin borib, 6 oygacha u 300 dollardan ishlagan boʻlsa, demak u 1800 dollar ishlagan boʻladi. Endi u yettinchi oy ikkalasi ham xorijda yuribdi. 6 oy oldin ketgan sherigi yoki qoʻshnisi keyingi oyda ham 300 dollar maosh oladi. Bunisi esa 2000 dollar oylik maosh oladi.
Lekin eng yomoni, tavakkalchilik – qaysi davlatga borishi, qaysi shaharga borishini reja qilmaslik. Qancha oylik maosh olishini, qayerda yashaydi, nima qiladi – bilmaydi. Bir gap boʻlar, deb ketaveradi. Bu eng yomon toifa. Fuqarolarimiz Oʻzbekiston chegarasidan chiqmasdan turib, qayerga boraman, qanday sharoitda yashayman, kim meni kutib oladi, qancha oylik maosh olaman, agar mabodo qiyin ahvolda qolsam nima qilaman, kimga murojaat qilaman, kim menga yordam berishi kerak, degan savollarni oʻziga berib koʻrishi kerak.
– Endi bir raqamlarga ham toʻxtalib oʻtsak, hozirgi paytda mavjud takliflar qaysi davlatlardan qanchadan vakvotalarni kim belgilagan?
– Aslida kvota degan narsa yoʻq.
– 50 ming-100 ming deyapsiz-ku?
– Ha, bu kvota emas. Migratsiya agentli, yuqorida aytdim, xorijiy davlatlardagi ish beruvchilar bilan doimiy muzokara olib boradi. Agar qaysidir ish beruvchining talabnomalari, takliflari bizga maʼqul keladigan boʻlsa, uni eʼlon qilib boramiz. Misol uchun, bugungi kunda mana Germaniya mehnat bozoridan bizga 50 mingta talabnoma kelib tushgan. Albatta bu oson boʻlmagan. Mehnat bozorini monitoring qilish, kerak boʻlsa yuzlab ish beruvchilar bilan muzokaralar natijasida shuncha talabnoma paydo boʻldi. Harakatlar davom etyapti. Masalan yaqin oylar ichida bundan ham kengayishi mumkin. Bu qandaydir chegara yoki yakuniy raqam emas. Janubiy Koreya masalasini olsak, u yana 16 ta xorijiy davlat bilan bilan bir xil sharoitlarda ishlaydi. Ular bir yilda Janubiy Koreyaga keladigan fuqarolarning sonini har bir davlatga taqsimlab chiqadi. Bu koʻp omillarga bogʻliq. Aytaylik, qaysi davlat fuqarolarining intizomi, ishga munosabati, ishchanligi yaxshi, nolegal holatlarga chiqib ketmaydimi, boshqa-boshqa masalalar inobatga olinadi. Yoki koreys tilini yaxshi biladimi, yoʻqmi, xullas bu koʻp omillarga bogʻliq. Va bu yil imtihonlarga 100 ming nomzodni jalb qilish imkoniyatimiz bor. Bular ketadigan emas, imtihonga jalb qilinadigan nomzodlar. Qanchasi ketadi deyishdan avval, qanchasi imtihondan oʻta oladi, degan savolga javob topishimiz kerak. Hammasi imtihondan oʻtgan taqdirda ham ular odatda 3ta nomzoddan bittasini tanlab oladi. Bu raqam 30 mingdan yuqori raqam boʻlishi mumkin. Albatta men hozir aniq aytolmayman – Oʻzbekistonda qancha yoshlarimiz koreys tilini oʻrganyapti, qancha odam Janubiy Koreyada ishlamoqchi, lekin talab shunday.
Boshqa davlatlar ham xuddi shunday. Misol uchun Buyuk Britaniyadagi vakansiyalarni olsak ham, bu yilning hisobidan 5000 dan koʻproq fuqarolarni jalb qilmoqchi.Ish beruvchilar bilan doim ishlayapmiz. Va yil yakunigacha yana vakansiyalar paydo boʻlishi ham mumkin.
– Yana qaysi davlatlar bor?
– Litva davlati bor. Yaqinda Litva davlatidan biz yangi vakansiyalar eʼlon qildik. Bilasiz, Litva davlati bu Yevropa ittifoqidagi davlat hisoblanadi. Va bunda tekstil sohasida, qurilish, ishlab chiqarish sohasida, eng koʻprogʻi yuk mashinasi haydovchilari talab etiladi. Savol tugʻilishi mumkin, Litvaga borib, faqat Litvaning ichida ishlaydimi, degan. Litvadagi ish beruvchi Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida ham ish bilan taʼminlashi mumkin.Litvadan 5000 ga yaqin shunday talabnomamiz mavjud.
– Jami olganda bu yilgi vakansiyalar qancha?
– Prezidentimiz boshchiligidagi selektor yigʻilishlarida xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni chet tillariga va kasbga oʻqitish vazifasi qoʻyilgan. Umuman olganda 100 ming migrantni joʻnatish talabi qoʻyildi. Albatta bu katta raqam va bu vazifa bajarilishi kerak. Bugungi kundagi mavjud takliflar esa 160 mingtani tashkil etadi. Lekin vakansiyalar miqdori juda oʻzgaruvchan. Masalan, mavsumga qarab, ish beruvchining talabiga qarab, bu oʻzgarib boradi. Deylik, bugun eʼlon qilingan vakansiyaga odam yigʻilsa, u tugaydi, lekin keyinchalik yangi vakansiyalar paydo boʻlishi mumkin. Yil yakunigacha bu raqamlar koʻpayishi kerak.
– Endi oylik maoshlarga ham toʻxtalib oʻtsak. Eng katta maoshni qaysi davlat va qaysi sohalar taklif qilyapti?
– Keling, koʻpchilikka tanish boʻlgan Janubiy Koreyadan boshlasak. Bu yerda ancha barqaror mehnat sharoiti taklif etiladi. Yaʼni u yerga ishlashga borgan fuqaro 4 yilu 10 oygacha ishlaydi. Bu bitta mehnat shartnomasi bilan. Agar u Janubiy Koreyaning qonunlarini buzmasa, nolegal chiqib ketmasa, ish beruvchi yaxshi xulosa bersa, u yangi mehnat shartnomasi bilan qaytib kelib, yana 4 yilu 10 oyga ushbu davlatga ishlash uchun qaytib borishi mumkin. Agar adashmasam, Janubiy Koreyada eng kam oylik ish haqi, dollarda hisoblaganda, 1600 AQSh dollari, shu miqdordan kam boʻlishi mumkin emas. Albatta bu ish hajmiga qarab, ish turiga qarab yoki qoʻshimcha ishlarga qarab ortib borishi mumkin.
Shuningdek, Buyuk Britaniya – mavsumiy qishloq xoʻjalik ishlariga chaqiradi. Oʻtgan yili shu yerga ishga borib kelgan insonlar bilan gaplashdim. Ular oyiga kamida 1500, 2000 dollar, undan ham koʻp daromad qilishyapti.
Endi Germaniya davlatini olsak, u 2 xil tartibda fuqarolarni jalb qiladi. Birinchisi bu Ausbildung shaklida – dual taʼlim tizimida, borgandan keyin u maʼlum muddat, bir yilgacha oʻqishi mumkin, va oʻqish bilan parallel ravishda amaliyot oʻtab, qayerlardadir qisman ishlashi mumkin. Oʻsha paytda ham adashmasam unga 1000 yevrogacha stipendiya toʻlanadi. Va undan keyin u kamida2000 yevro, 2500, 3000 boʻlishi mumkin. Yuqorida aytganimdek, fuqarolarimiz qayerda ishlashidan qatʼi nazar,Germaniya fuqarolari bilan bir xil sharoitlarda bir xil oylik maoshi oladi.
Litva boʻyicha ishlarni olsak, tekstil sohasida ishlovchilar uchun oylik maosh 700evrodan boshlangan. Va eng yuqorisi buyuk mashinasini haydovchilar uchun 1600 yevrodan boshlangan. Bu albatta qancha ish hajmini bajarishiga va qancha ishchanligiga qarab, bu raqamlar oshib borishi mumkin.
– Sir emas, eski davrlarda Mehnat migratsiyasi agentligida inson omili juda yuqori edi. Korrupsiya holatlari yoki bir tushunmovchiliklar uchragan. Hozirgi paytda shularni yoʻq qilish uchun, ularning oldini olish uchun nima ishlar qilinyapti? Masalan, Janubiy Koreya misolida aytib bersangiz. Chunki aynan shu sohada juda koʻp noroziliklar, boshqalar boʻlgan.
– Albatta, hozir bu jarayonda inson omilini yoʻqotishga qilingan harakatlar amalga oshirilyapti. Bu amalga oshirilgan ham. Masalan, Janubiy Koreya qanday boʻladi? Janubiy Koreyada ishlash uchun avvalambor eʼlon beriladi. Deylik mana shu yil, shu sanada, Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolar roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun hech kimning yordami kerak emas. Hattoki xorijda yurgan boʻlishi ham mumkin. Oʻzi haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni onlayn kiritadi. Smartfon va internet boʻlishi kifoya. Faqat belgilangan vaqtdan kechikmasdan maʼlumotlarni kiritishi kerak boʻladi. Lekin ayrim hollarda birovlardan bu maʼlumotlarni toʻldirib berishda yordam soʻrashi mumkin. Begona odam esa oʻzining telefon raqamini kiritishi mumkin. Shaxsiy kabineti parollarini olishi mumkin. Ertaga bu vaziyatda vositachi shaxslar paydo boʻlib qolishi mumkin. Lekin qoidasi boʻyicha imtihonda kim qatnashmoqchi boʻlsa, shaxsan oʻzi qatnashish kerak boʻladi. Roʻyxatdan oʻtgan soʻng fuqarolar EPS TOPIK (Test of Proficiency in Korean) boʻyicha koreys tili imtihonlariga jalb etish kerak boʻladi. Buni Migratsiya agentligi emas, Koreya Respublikasining HRD tashkiloti, yaʼni inson resurslarini rivojlantirish tashkiloti tomonidan fuqarolarning roʻyxati boʻyicha tasodifiy tanlash yoʻli bilan kompyuterda har bir roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar uchun alohida kun belgilanadi. Masalan, falonchiyev fistonchi deylik 5 mart kuni soat 12:00 da EPS TOPIK imtihoniga kirishi kerak boʻladi.
– Migratsiya agentligi baʼzi fuqarolarni roʻyxatdantushirib qoldirsachi?
– Bu baza Migratsiya agentligi tomonidan emas, bu baza Janubiy Koreyaning HRD tashkiloti, yaʼni inson resurslarini rivojlantirish tashkiloti tomonidan boshqariladi. Migratsiya agentligining xodimlari bunga taʼsir qila olmaydi. Bu hattoki Koreya saytlarida ham eʼlon qilinadi. U saytni biz Toshkent vaqtiga moʻjallab, nusxasini olib, oʻzimizning kanallarimizda eʼlon qilamiz. Imtihon kuni bir soat oldin borish kerak. Chunki imtihon boshlangan paytda koʻchada emas, auditoriyaning ichida oʻtirishi kerak. Nomzodning qoʻliga planshet beriladi. Auditoriyaning ichida faqat Koreyadan kelgan mutaxassislar boʻladi. Planshetda FaceID yaʼni odamning yuzini taniydigan tizim bor, roʻyxatdan oʻtgandarasmiga qarab, haqiqatda oʻzi boʻlsa,test ochiladi. Agar uning oʻrnidan boshqa odam kirmoqchi boʻlsa, planshetdagi test ochilmaydi. Test ochilsa, undagi savollarni belgilaydi. Testning oxirgi savoliga javob tugmasini bosganida test natijasishu joyning oʻzida darrov koʻrsatiladi. Nomzodning oʻzi natijasini koʻradi. Koʻrayotganingizdek, bu yerda inson omili deyarli taʼsir qilmaydi. Agar imtihondan oʻtsa, uning maʼlumotlari HDRning SPAS elektron bazasiga kiritiladi.U yerda nafaqat oʻzbekistonlik, balki boshqa davlatlardan ham nomzodlarning maʼlumotlari beriladi. Nomzod SPAS elektron bazasiga kiritilganidan soʻng, oʻz shaxsiy kabinetidan barcha maʼlumotlarni – nomzod tanlandimi,yoʻqmi, qaysi ish beruvchi tomonidan tanlandi, qachon ketishi kerak va boshqa savollarga oid barcha maʼlumotlarni shaxsiy kabinetidagi maʼlumotlar orqali koʻrib turishi mumkin boʻladi. Va boshqa ish beruvchilar tomonidan ham shunday amaliyot yoʻlga qoʻyilgan.
Masalan Buyuk Britaniyani olaylik. Buyuk Britaniya boʻyicha ham roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi. Roʻyxatdan oʻtishda faqatgmail.com bilan tugaydigan elektron pochta orqali oʻtiladi. Shu elektron pochtaga i beruvchi tomonidan unga xat keladi. Suhbatda ish beruvchilar bilan yuzlashadi, Migratsiya agentligi xodimlari bilan emas. Bu yerda Oʻzbekiston tomoni yoki Migratsiya agentligi xodimlarining taʼsir oʻtkazadigan aralashuvi kuzatilmaydi. Shunday boʻlishi ham kerak aslida. Chunki nomzodda ham, ish beruvchidan ham savol qolmasligi kerak: qayerda, qanday sharoitda ishlaydi, bu savollarga javoblarni oʻrtadagi vositachidan emas, bevosita ish beruvchining oʻzidan eshitishi kerak.
Toʻgʻri, hozir biz Yevropa bozorini ochyapmiz. Hozir joʻnatayotgan fuqarolarimiz, u yerda yurgan yurtdoshlarimizga qarab, keyinchalik yana Oʻzbekistondan ishchi kuchini chaqirish yoki chaqirmaslik haqida qaror qabul qiladi. Mehnat migranti ishchanligi, ishga munosabati, mehnat qonunchiligiga rioya qilishi kabi omillar ham bu qarorga taʼsir qiladi. Shuning uchun bu narsani tabiiy qabul qilish kerak. Qaysi davlatga borishidan qatʼi nazar,davlatning qonunlariga rioya qilish migratsiya qonun-qoidalarini buzmaslik, hattoki uning urf-odatlari, dini va madaniyatini hurmat qilishlarini tavsiya qilamiz, doim.
– Sizga katta rahmat. Vaqt ajratib kelganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
– Katta rahmat.
Abulfayz Sayidasqarov suhbatlashdi.