Zelenskiy Ukraina armiyasi yoʻqotishlarini ochiqladi
U Rossiya tomoni berayotgan maʼlumotlarni inkor etdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina-2024” forumida Rossiya bilan ikki yillik qurolli qarama-qarshilikning fojiali natijalarini sarhisob qildi.
Ukraina prezidenti matbuot anjumanida urush boshidan beri 31 ming mamlakat harbiysi oʻlganini aytdi: "Ushbu urushda oʻttiz bir ming ukrainalik askarlar halok boʻldi. Putin va uning atrofidagilar gapirganidek 300 ming emas, 150 ming emas.
Lekin bularning har biri biz uchun katta yoʻqotishdir.
180 ming rus askari halok boʻldi. Ularda qancha odam bedarak yoʻqolganini bilmayman, lekin yaradorlar bilan birga 500 mingga yaqin qurbon borligini bilaman”.
Zelenskiy Ukraina tomonida yaradorlar yoki bedarak yoʻqolganlar sonini aytmadi.
Eslatib oʻtamiz, The New York Times hisob-kitobiga koʻra, Ukrainaning urushdagi yoʻqotishlari 90 mingdan 120 ming kishigachadir.