Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga direktor tayinlandi
Akmal Jumanazarov Energetika vazirligida elektroenergetika va koʻmir sanoati masalalari uchun masʼul edi.

Oʻzbekiston Prezidentining qarori bilan Akmal Roʻziqulovich Jumanazarov Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Energetika vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Akmal Jumanazarov 2023 yil fevralida Energetika vaziri oʻrinbosari etib tayinlangandi. U vazirlikda elektroenergetika va koʻmir sanoati masalalari uchun masʼul edi.
Bundan tashqari u Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.