platina.uz
Jamiyat

"Dok-1 Maks" ishi aybdorlariga hukm oʻqildi

Ushbu sirop isteʼmoli ortidan 65 nafar bola vafot etgandi. 

"Dok-1 Maks"  ishi aybdorlariga hukm oʻqildi

Bugun, 26 fevral kuni "Dok-1 Maks ishi” boʻyicha jinoyat ishi bilan bogʻliq yakuniy sud majlisi boshlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur ish doirasida farmatsevtika sohasida faoliyat olib borgan 23 nafar shaxs sud oldida javob berdi.

Sud qaroriga koʻra,ayblanuchi hindistonlik shaxsga 20 yillik qamoq jazosi belgilandi.U hukmdan soʻng deportatsiya qilinadi.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev 2 yil 6 oy davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum etilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Uning oʻrinbosarlari boʻlgan Amirxon Azimov va Nodirbek Musayevga 16 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Ushbu sirop isteʼmoli ortidan 2022 yil oxiri 2023 yil boshlarida 65 nafar voyaga yetmagan bolalar vafot etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid