platina.uz
Jamiyat

Adliya vaziri katta mablagʻ ajratish boʻyicha buyruqni imzoladi

Mazkur pul Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga beriladi. 

Adliya vaziri katta mablagʻ ajratish boʻyicha buyruqni imzoladi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov byudjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratdi.

Tegishli buyruq bugun, 26 fevral kuni eʼlon qilingan.

Unda aytilishicha, pul Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga beriladi.

Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyevga yuklatilgan.

Avvalroq Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov byudjetdan katta mablagʻ ajratgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid