Abbosbek Fayzullayev Osiyoda eʼtirof etildi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Osiyo kubogi-2023 turnirining eng yaxshi yosh yulduzi deb topildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogi-2023 turnirining eng yaxshi yosh yulduzi deb topildi.
Mazkur mukofotga Ali Jassim (Iroq), Li Kan In (J.Koreya, «PSJ»), Ali Olvan (Iordaniya), Takefusa Kubo (Yaponiya), Jordan Bos (Avstraliya), Abdulla Radif (S.Arabistoni), Marselino Ferdinan (Indoneziya), Sulton Odil (BAA) va Orif Ayman (Malayziya)lar ham daʼvogarlik qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Fayzullayev turnir davomida raqiblar darvozasiga 2 ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi. U turnirda Hindiston va Tailand termalar darvozasini ishgʻol qildi.