platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryo va Surxondaryoning olis hududlaridagi oʻquvchilar uchun bepul avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi

Qatnovlar tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryoning olis hududlaridagi oʻquvchilar uchun bepul avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi

2024 yil 1 sentabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Bu haqda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi maʼlum qilingan.

Shuningdek 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshirilsin hamda buning doirasida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablagʻ ajratilib, ushbu mablagʻ 5–11-sinf oʻquvchilari tanloviga koʻra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanishi belgilanadi;

- umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarini menejerlik boʻyicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etilsin. Bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkaziladi.

b) 2025 yil 1 yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilanadi.

2024 yilda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qoʻshimcha 1 000 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizgacha oshiriladi;

6,7 million nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida yurak-qon tomir, qandli diabet, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash boʻyicha profilaktik koʻriklar tashkil etiladi;

7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga oʻqitilishi, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari boʻyicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilishi taʼminlanadi.

Avvalroq Toshkentda 1 martdan ayrim yuk mashinalari uchun cheklov kiritilishi maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid