platina.uz
Jamiyat

Navoiyda oʻquvchilarning dars vaqtida ommaviy ravishda sochi olindi

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi. 

Navoiyda oʻquvchilarning dars vaqtida ommaviy ravishda sochi olindi

Bugun, 23 fevral kuni OAVda "Navoiyda maktab oʻquvchilari dars payti sport zalga yigʻilib, sochi olindi" sarlavhasi ostida maʼlumot tarqaldi.

Aytilishicha, ommaviy soch olish tashabbusi maktab direktoridan chiqqan.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganilmoqda.

"Maktab maʼmuriyati tomonidan bunday harakatlarga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Birinchi navbatda, bu umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining odob-ahloq qoidalariga zid. Muhimi esa, bu bolaning Konstitutsiyada kafolatlangan shaxsiy daxlsizlik huquqi hamda uning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga tahdid soladi. Mazkur harakatga yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan tegishli chora koʻrilishi zarur", - deya taʼkidlanadi Bolalar ombudsmani bayonotida.

Hozirda bu kabi nomaqbul holatlarning boshqa taʼlim muassasalarida ham yuzaga kelmasligi boʻyicha choralar koʻrilmoqda, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid