platina.uz
Jahon

Armaniston KXShTdagi ishtirokini vaqtincha toʻxtatdi

KXShT mintaqada Rossiya boshchiligidagi harbiy blok sifatida koʻriladi. 

Armaniston KXShTdagi ishtirokini vaqtincha toʻxtatdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi (KXShT) ishtiroki “muzlatilgan”ligini aytdi. Shu bilan birga, u Armanistondagi Rossiya harbiy bazasini saqlab qolish masalasi kun tartibida emasligiga ishontirdi.

Fransiyaning France 24 telekanaliga bergan intervyusida bosh vazir rasmiy Boku bilan chigal munosabatlar haqida gapirdi.

Uning iddao qilishicha, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “hududiy yaxlitlikni oʻzaro tan olishga asoslangan tinchlik shartnomasini istamaydi, balki Armanistonda yangi hududlarni egallashni rejalashtirmoqda”.

Nikol Pashinyan Rossiya rasmiylarining pozitsiyasini tanqid qildi. Uning taʼkidlashicha, Rossiya bir necha oy oldin "Armaniston aholisini hukumatni agʻdarishga ochiq chaqirgan". Pashinyanga koʻra, "Moskvadan unga qarshi bu tashviqot toʻxtovsiz davom etmoqda".

“Biz oʻz hududimizdagi noqonuniy harakatlarga toqat qila olmaymiz”, dedi Nikol Pashinyan va “Yerevan talablari javobsiz qolsa, oqibatlari” bilan tahdid qildi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 19 sentabrda Ozarbayjon Qorabogʻda antiterror operatsiyani boshladi va hududlarini qaytarib oldi. Armanistonning KXShTga murojaati esa besamar yakunlandi.

KXShTga tamal toshi 1992 yil 15 mayda Toshkent shahrida qoʻyilgan. Unga hozirda Armanistondan tashqari Rossiya, Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid