Oʻzbekiston yana bir antireytingda yuqoriladi

Birinchi oʻrin Eronga tegishli. 

Iqtisod
22-fevral, 11:03
Oʻzbekiston yana bir antireytingda yuqoriladi

Forbes nashri jahondagi eng kuchsiz valyutalar reytingini  eʼlon qildi.

Ӯzbek soʻmi valyutalar antireytingida TOP 10 talikdan ӯrin olgan. U ӯtgan yilgidan ham  kuchsizlangani namoyish qilib, 7-oʻrindan bir pogʻona yuqorilagan va 6-oʻrindan joy olgan. Ushbu faxrsiz 10 talik AQSh dollariga nisbatan eng zaif valyutalarni aks ettiradi:

1. Eron riyoli — 42 037 
2. Vetnam dongi — 24 535
3. Laos kipi — 20 839
4. Serra-Leone leonesi — 19 750
5. Indoneziya  rupiyasi — 15 635
6. Oʻzbek soʻmi — 12 495
7. Gvineya franki — 8 584
8. Paragvay guaranasi — 7 293
9. Uganda shillingi — 3 878
10. Iroq dinori — 1 308

Taʼkidlash lozim, valyutaning AQSh dollariga nisbatan kursiga mamlakatdagi inflyatsiya, bank-moliya tizimidagi siyosat, import-eksportdagi muvozanat, jahon iqtisodiyoti va moliyaviy tizimidagi ӯzgarishlar va boshqa bir qancha omillar taʼsir kӯrsatadi. Shu bois milliy valyuta kursining AQSh dollariga nisbatan ӯsishi har doim ham mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi salbiy tendensiyani aks ettirmaydi.

© 2023 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+