Benzemaning goli Navbahorga yordam berolmadi
Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final oʻyinida Navbahor Jiddaga safar qildi.

Bugun Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvida Namanganning Navbahor jamoasi Saudiyaga safar qildi va Al-Ittihoddan magʻlubiyatga uchradi.
Oʻyinda hisobni mezbonlarning yulduz hujumchisi Karim Benzema avtogol bilan ochib berdi. Ammo birinchi boʻlim yakunida ittihodliklar hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi taymda esa Navbahor oʻyinchisi avtogol bilan gʻalabani raqiblarga taqdim qildi.
Kecha oʻtgan oʻyinda Nasaf jamoasi BAAda Al-Aynga qarshi oʻynab, xuddi shu – 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Shu tariqa Oʻzbekistonning barcha jamoalari OChLdagi ishtirokini vaqtli yakunladi.
OChL, nimchorak final, javob oʻyini
Al-Ayn - Nasaf 2:1
Gollar: Laba 55, Rahimi 90+2 - Mozgovoy 51
Al-Ittihod - Navbahor 2:1
Gollar: Hamidulloh 45+6, Tabatadze 87 avtogol - Benzema 25 avtogol