Qozogʻistonda pedofillar va bola qotillari umrbod qamaladi
Mamlakat Majilisi tegishli qonunni maʼqulladi.

Qozogʻistonda pedofillar va bolalar qotillarini umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi: mamlakat Majilisi tegishli qonunni maʼqulladi.
Birinchidan, quyidagicha jinoiy javobgarlik oʻrnatiladi:
– sogʻliqqa yengil zarar yetkazganlik uchun – eng kam ish haqining 200 baravarigacha jarima yoki 200 soatgacha jamoat ishlari yoxud 50 sutkagacha qamoq;
- tajovuz uchun - eng kam ish haqining 80 baravarigacha jarima yoki 80 soatgacha jamoat ishlari yoki 25 sutkagacha qamoq.
Ikkinchidan, voyaga yetmagan shaxsni yoki nochor holatdagi shaxsni qiynoqqa solish, sogʻligʻiga ogʻir va oʻrtacha ogʻirlikdagi zarar yetkazish faqat ozodlikdan mahrum qilish bilan yakunlanadi.
Voyaga etmagan shaxsni oʻldirish yoki pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi muqobil boʻlmagan jazo joriy etiladi.
Uchinchidan, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan yoki oilaviy-maishiy munosabatlar sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sud tomonidan tibbiy tashkilotlarda psixologik yordam olishlari talab qilinishi mumkin.
Vakolatli organlar endi zoʻravonlik faktlari haqidagi ommaviy axborot vositalari xabarlariga javob beradi.
Avvalroq Qozogʻistonda terroristlar va pedofillarni mamlakatga kiritmaslik va fuqarolik bermaslik muhokama qilingandi.