Ortiq Sultonov yangi lavozimga tayinlandi
Bungacha u Samarqand shahar madaniyat boʻlimini boshqarib kelayotgandi.

"Oʻzbekkonsert" davlat muassasasining Samarqand viloyat boʻlimiga sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, soʻz ustasi Ortiq Sultonov rahbar etib tayinlandi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Ortiq Sultonov dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand viloyati musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan.
Soʻngra Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali, “Oʻzbekiston” telekanallarida rejissyor boʻlib faoliyat yuritgan.
Ushbu tayinlovga qadar Ortiq Sultonov Samarqand shahar madaniyat boʻlimi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.