platina.uz
Sport

Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi

Prezident yigʻilishida uning vazifasi va tuzilmasi belgilandi. 

Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda nogironlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tuziladi. Bu haqda prezident yigʻilishida maʼlum qilindi.

Imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bogʻchadagi taʼlim dasturini qayta koʻrib chiqish, maktablarni inklyuziv taʼlimga moslashtirish dasturini amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Paralimpiya qoʻmitasi, tegishli sport federatsiyalari, Oʻzbekiston maxsus olimpiadasi Assotsiatsiya tarkibiga kiradi.

Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shugʻullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini oʻtkazib boradi.

Avvalroq yigʻilishda "ijtimoiy karta" joriy etilishi aytilgandi. 1 oktabrdan amalga oshiriladigan loyihaga ijtimoiy yordam va nafaqalar kiritiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid