Shoir Mahtumquliga bagʻishlangan badiiy film suratga olinadi
Filmni suratga olishda Turkmaniston bilan hamkorlik qilinadi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston hamkorlikda badiiy filim suratga oladi. Prezidentning "Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda jamoatchilik vakillarining buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.
2. Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda – Tashkiliy qoʻmita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qoʻmitaga (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash topshirildi.
Chora-tadbirlar dasturida:
Maxtumquli Firogʻiyning “Tanlangan asarlar”i hamda uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy maqolalar toʻplamini nashrga tayyorlash va chop etish;
davlat buyurtmasi asosida Oʻzbekiston va Turkmaniston kino ustalari hamkorligida Maxtumquli Firogʻiyga bagʻishlangan badiiy film yaratish;
shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida spektakl sahnalashtirish;
yosh xonandalar oʻrtasida “Maxtumquli sheʼrlari bilan aytiladigan eng yaxshi qoʻshiqlar ijrochisi” respublika tanlovini oʻtkazish;
Badiiy akademiyaning markaziy koʻrgazmalar zalida oʻzbek va turkman xalqlarining doʻstlik va qardoshlik aloqalarini tarannum etuvchi tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasini tashkil etish;
Xiva shahrida Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Maxtumquli ijodining oʻzbek adabiyoti va sanʼatida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish;
mamlakatimizdagi oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari hamda mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;
2024 yil oktabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida Maxtumquli Firogʻiy xotirasiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazish tadbirlari koʻzda tutilmoqda.
Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan byudjet mablagʻlari, ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.