Olmaliqda halok boʻlgan hindistonliklar oilalariga kompensatsiya toʻlanadi
Platina.uz muxbiri holat yuzasidan surishtiruv oʻtkazdi.

Olmaliq KMK 3-mis boyitish fabrikasi qurilishida ishlayotgan hindistonlik ishchilar ustiga vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulagani xabar berilgandi. Ishchilar “Emirates” kompaniyasidan jalb etilgan boʻlgan.
Buning natijasida 3 nafar hindistonlik ishchilar vafot etgan, 27 nafari shifokorlarga murojaat qilgan. Murojaat qilganlarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam koʻrsatilib javob berilgan.
Platina.uz muxbir holat yuzasidan surishtiruv oʻtkazdi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur holatni oʻrganish uchun Hindiston konsuli Rajesh Badola tashrif buyurdi. Holat boʻyicha berilgan maʼlumotga koʻra, baxtsiz voqea hindistonlik muhandislar tomonidan ish taqsimlash vaqtida taxminan ertalabki soat 8.00lar da yuz bergan.
Ish beruvchi tomonidan barcha ishchilar sugʻurtalangan boʻlib, vafot etganlar oilalariga kompensatsiya puli toʻlab beriladi. Jarohatlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.