platina.uz
Jahon

Isroil yalpi ichki mahsuloti sezilarli miqdorda kamaydi

Bu Gʻazoda davom etayotgan qonli urush bilan bogʻliq. 

Isroil yalpi ichki mahsuloti sezilarli miqdorda kamaydi

2023 yilning toʻrtinchi choragida Isroil yalpi ichki mahsuloti sezilarli miqdorda kamaydi.

Mamlakat YaIMsi avvalgi uch oyga nisbatan oʻtgan yilga nisbatan 19,4 foizga kamaydi, deb yozadi Financial Times mamlakat markaziy statistika byurosiga asoslanib.

Bu koʻrsatkichning keskin kamayishi, 300 ming zaxiradagi askarlarning Gʻazodagi urushga jalb etilishi bilan bogʻliq, deya qayd etadi FT.

Urushga chaqirilgan zahiradagilar oʻz ishlarini tark etishga majbur boʻlgan.

Bundan tashqari, vaziyatga Isroilning chegara hududlaridan evakuatsiya qilingan 120 mingdan ortiq isroillikka mablagʻ ajratilishi taʼsir koʻrsatdi, deb yozadi gazeta. Isroil yalpi ichki mahsuloti tahlilchilar bashorat qilganidan ancha pastladi.

2023 yil noyabr oyida Isroilning Calcalist ishbilarmonlik nashri Moliya vazirligi maʼlumotlariga tayanib, HAMASga qarshi operatsiya Isroilga 50 milliard dollardan koʻproqqa tushishini, agar jangovar harakatlar davom etsa, Isroil yillik yalpi ichki mahsulotining taxminan 10 foizini tashkil etishi haqida xabar berdi. Isroil rasmiylari harbiy xarajatlarni 2024 yilgi byudjetning ustuvor yoʻnalishi deb atadi.

Eslatib oʻtamiz, Isroilning bir yillik YaIMsi 500 milliard dollarga yaqin mablagʻni tashkil etadi.

Avvalroq AQSh Isroilga qurollar va bombalar joʻnatmoqchi ekani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid