Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Bosh prokuratura avvalgi prokuror ishdan olinish sababini ochiqlamagan.

Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov lavozimidan ketdi. Bosh prokuratura sababini aytmagan.
Adliya maslahatchisi Ulugʻbek Hamdamov Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar prokurori lavozimida ishlagan.