OʻFA hisobchisi 350 ming dollarni oʻzlashtirib, qochib ketgani aytilyapti
Unga qarshi ish ham ochilgan.

Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi hisobchisi katta pul bilan oʻzlashtirib, xorijga ketgani aytilmoqda.
Championat.asia sayti bergan maʼlumotiga koʻra, OʻFA hisobchisi 350 ming AQSh dollarni (taxminan 4 milliard soʻm) oʻzlashtirib Turkiyaga uchib ketgan.
Unga qarshi ish ham ochilgan.
Qayd etish kerakki, hozircha OʻFA mazkur maʼlumot yuzasidan rasmiy izoh berganicha yoʻq.