platina.uz
Jamiyat

Madaniyat vazirining mashinasi odam urib yubordi

Hodisa Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir boʻlgan. 

Madaniyat vazirining mashinasi odam urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi yoʻlovchini urib yuborgani videosi tarqaldi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Mazkur hodisa joriy yilning 16 fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir boʻlgan.

"Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borildi. Shifokorlar unga tezkor tibbiy yordam koʻrsatishdi. Tekshiruvlar natijasida yoʻlovchining sogʻligʻi bilan bogʻliq jiddiy, xavotirli holat yoʻqligi aniqlandi.

Zaruratga koʻra, albatta, bu borada yana qoʻshimcha axborot beriladi. Shu oʻrinda, yurtdoshlarimizdan yoʻlda harakatlanish madaniyatiga qatʼiy rioya qilishlarini soʻrab qolamiz" deyiladi vazirlik xabarida.

Oʻz navbatida shaxsan Ozodbek Nazarbekovning oʻzi jabrlanuvchining holidan xabar olgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid