Rossiyalik muxolifatchi Navalniy vafot etdi
Kreml oʻlim yuzasidan izoh berdi.

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqxonada vafot etdi. Federal jazoni ijro etish xizmati buni tasdiqladi.
Rasmiy xabarga koʻra, Navalniy qamoqxonada oʻzini yomon his etgan va hushini yoʻqotgan.
Hozirda ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.
"Kommersant" nashriga koʻra, hodisaga Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham munosabat bildirdi. Peskovning aytishicha, Navalniyning oʻlimi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yetkazilgan.
Navalniy mavjud tuzum va Putinni tanqid qilishi bilan mashhur edi.
U 2020 yilda zaharlangan va keyinchalik Yevropada davolanib qaytgach, avval 3,5 yil keyin esa 19 yilga qamalgandi.