platina.uz
Jamiyat

Amudaryo suvidan eng koʻp foydalanayotgan davlat maʼlum boʻldi

Ushbu mamlakat daryo suvining qariyb 42 foizini ishlatib yuborgan. 

Amudaryo suvidan eng koʻp foydalanayotgan davlat maʼlum boʻldi

2023 yilda Amudaryodan jami suv olish 47,5 kub kilometr suvni tashkil qildi (Afgʻoniston oladigan suvni hisobga olmaganda). Oʻtgan yili suv olish boʻyicha rekordchi Turkmaniston boʻldi, bu mamlakat Amudaryo suvining qariyb 42 foizini yoki 19,9 kub kilometrini ishlatgan.

Suv sarfining 38,4 foizi (taxminan 18,3 km3) Oʻzbekistonga, Tojikistonga esa 19,8 foizi (9,4 km3 dan ortiq) toʻgʻri keladi.

Afgʻoniston boʻyicha maʼlumotlar yoʻq, lekin prognozlarga koʻra, ushbu mamlakat 4 mamlakat ichida oxirgi oʻrinda turadi.

"Bu statistik maʼlumotlar mintaqadagi aholi soni eng kam boʻlgan Turkmanistonda suvdan nihoyatda samarasiz foydalanilayotganining yorqin dalilidir. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 7 milliondan sal koʻproq aholi istiqomat qiladi, mustaqil hisob-kitoblarga koʻra, 5 milliondan sal koʻproq. Rasmiy aholi maʼlumotlaridan kelib chiqadigan boʻlsak ham, Turkmanistonning 2023 yilda Amudaryodan suv olishi aholi jon boshiga 6741,7 m3 suvni tashkil qildi.

Aholi jon boshiga umumiy suv isteʼmoli bundan ham yuqori, Turkmaniston suv resurslarining qariyb 10% Amudaryodan tashqari Murgʻob, Tedjen, Atrek, Sumbar, Kopetdogʻ daryolari, shuningdek, yer osti suvlaridir" deyiladi "Meteojurnal" nashrida.

Bu koʻrsatkich boʻyicha Turkmaniston mintaqadagi barcha qoʻshni davlatlardan oldinda, butun dunyoda rekordchilardan biri hisoblanadi.

2010 yilda qoʻshni Oʻzbekistonda suv isteʼmoli 2295 m3, Tojikistonda 1895 m3, Qirgʻizistonda 1989 m3, Qozogʻistonda 2345 m3, Afgʻonistonda 1061 m3 ni tashkil etgan. Koʻrib turganingizdek, Turkmaniston tabiiy va iqlimiy xususiyatlari oʻxshash boʻlgan qoʻshnilariga qaraganda bir necha barobar koʻp suv isteʼmol qiladi. Maʼlumotlarga koʻra, yuqori suv sarfi qoloq qishloq xoʻjaligi tizimi, mutaxassislarning yetishmasligi va boshqa faktorlar bilan bogʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Tolibon rahbariyati Amudaryo suvi hisobiga Qoʻshtepa kanalini barpo etmoqda. Qoʻshtepa kanali toʻla ishga tushgach, Amudaryo suvi deyarli yarmiga kamayishi mumkin.

Shuningdek, suv masalasida Oʻzbekiston va Tolibon oʻrtasida nizo chiqishi ehtimoli haqida ham suhbat taqdim etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid