Real, Siti, PSJda gʻalaba, Nasafda durang
OChL doirasida Qarshining Nasaf jamoasi BAAning Al-Ayn klubiga qarshi oʻynadi.

Kecha futbol olamida bir qator uchrashuvlar oʻtkazildi. Jumladan, Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalida Qarshining Nasaf jamoasi BAAning Al-Ayn jamoasiga qarshi oʻynadi.
Uchrashuvda hisob ochilmadi, 0:0.
Endi javob oʻyini 21 fevral kuni BAAda boʻlib oʻtadi.
Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidan oʻrin olgan PSJ – Real Sosedad bahsida parijliklar gʻalaba qozonishdi. Uchrashuvda kiritilgan ikki golga Mbappe va Barkolya mualliflik qildi.
Shuningdek, amaldagi chempion Manchester Siti safarda Kopengagenni magʻlub etdi - 1:3.
Madridning Real klubi safarda Germaniyaning Leypsig jamoasiga qarshi oʻynadi va uni minimal hisobda magʻlubiyatga uchratdi. Oʻyinda yagona golga 48-daqiqada Briam Dias mualliflik qildi.
Myunxenning Bavariya jamoasi esa Rimga safar qilib, Latsioga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi yagona golni Immobile 69-daqiqada penaltidan kiritdi.