Ziroat Mirziyoyeva FAO Bosh direktori oʻrinbosari bilan uchrashdi
Uchrashuvda biologik xilma-xillikni asrash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

"Zamin" fondi Vasiylar kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning FAO Bosh direktori oʻrinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda biologik xilma-xillikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik taʼlimni ilgari surish bilan bogʻliq qoʻshma loyiha va tashabbuslarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ongli isteʼmol qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi hamda barqaror ekologik masʼuliyatli xulq-atvorni shakllantirish muhimligini taʼkidladilar, deyiladi xabarda.