platina.uz
Jamiyat

Toshkentda issiqlik taʼminoti narxlari koʻtariladi

Narxlar 2023-2024 yilgi isitish mavsumi tugagach oʻzgaradi. 

Toshkentda issiqlik taʼminoti narxlari koʻtariladi

Toshkentda 2023-2024 yilgi isitish mavsumi tugagach, narxlar oʻzgaradi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarorida aytiladi.

Jumladan, narxlar aholi uchun 1G/Kal narxi 105 ming soʻmgacha koʻtariladi. Hozirda amaldagi tarif 91 960 soʻm/Gkalni tashkil etadi.

2023 yil yakuniga koʻra, yuridik shaxslar uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflari 1,5 baravarga, byudjet muassasalari uchun esa 1,6 barobarga oshgandi. Oʻshanda aholi uchun tarif oʻzgarishsiz qolgandi, Veolia Energy kompaniyasining issiqlik taʼminoti uchun bazaviy tarifi 67,3 foizga — 664 465 soʻmga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 1 iyuldan eʼtiboran, Fransiyaning Veolia kompaniyasi davlat-xususiy sherikchilik asosida Toshkent shahri issiqlik taʼminotining yagona operatori sifatida ish boshlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid