platina.uz
Jamiyat

Buxoroda prokuror 90 ming dollar pora bilan ushlandi

U 13 fevral kuni DXX xodimlari oʻtkazgan maxsus tadbirda qoʻlga olingan. 

Buxoroda prokuror 90 ming dollar pora bilan ushlandi

Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori B.Gʻ. 90 ming AQSh dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

U qidiruvdagi shaxsga qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi boʻyicha yengillik qilib berish evaziga shuncha pul olgani aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 2024 yilning 13 fevral kuni soat 23:00larda qoʻlga olingan.

U Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi “Kogon yogʻ-ekstraksiya zavodi” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha qidiruvda boʻlgan jamiyat taʼsischisi M.I.dan unga nisbatan qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi boʻyicha yengillik qilib berish evaziga vositachi orqali Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markazi binosi yaqinida 90 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozircha rasmiy idoralar mazkur hodisaga izoh bergani yoʻq.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid