Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
Avvalgi oʻrinbosar Gulnora Abdullayeva boshqa ishga oʻtishi sabab lavozimdan olingan.

Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Ahmedova Gulnora Mahmudovna tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Gulnora Ahmedova 1974 yilda Baliqchi tumanida tugʻilgan. 1996 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida umumtaʼlim maktablari, kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqituvchi, direktor oʻrinbosari va direktori lavozimlarida, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbari va MFYda hokim yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani boʻlimi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avval bu lavozimda Gulnora Abdullayeva ishlab kelayotgandi. U boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimdan olingan.




