Jizzaxda mudofaa ishlari binosi uchun 1,6 mlrd. soʻm ajratiladi
Ushbu mablagʻ "Harbiy-maʼmuriy sektorni rivojlantirish jamgʻarmasi" hisobidan beriladi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Gʻallaorol tumani mudofaa boʻlimi 1,6 mlrd. soʻm mablagʻ ajratdi.
Tegishli hokimi farmoyishi, bugun 13 fevral kuni eʼlon qilindi.
Hujjatga koʻra, mazkur mablagʻ mudofaa boʻlimi maʼmuriy va chaqiruv punkti binolarini taʼmirlash uchun beriladi. Ushbu pul viloyat hokimligi huzuridagi "Harbiy-maʼmuriy sektorni rivojlantirish jamgʻarmasi"ga tushgan mablagʻlar hisobidan beriladi.
"Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasiga mablagʻdan foydalanishni nazorat qilish, ish hajmiga qarab bank hisobiga yoʻnaltirish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, bugun eʼlon qilingan xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi qarori bilan byudjetdan 43 mln. 200 ming soʻm mablagʻ ajratiladi. Bu mablagʻ Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri jamoasining Jizzax viloyatiga gastrol safarini tashkil etish sarf-xarajatlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun taqdim etiladi.