Oʻzbekistonda havoning keskin sovishi eʼlon qilindi
Meteorologlarga koʻra, harorat kunduzi 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

Joriy yilning 16 fevral kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.
- 16 fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida;
- 17-19 fevralda Oʻzbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) kuzatiladi;
- 17-18 fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
- 18-19 fevral kunlariga kelib, Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.