Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Avvalgi rahbar Farhod Dehqonov 2022 yilda ham daraxtkushlikda ayblanib ushlangandi.

Akmal Rasulov Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
U bungacha boshqarma boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan.
Boshqarmaning sobiq boshligʻi Farhod Dehqonov poytaxtda moratoriyga qaramay daraxtkesarliklar toʻxtamayotgani ortidan 1 fevralgacha ishdan chetlashtirib, uning oxirgi 2 yildagi faoliyati boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlangan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yilda ham Farhod Dehqonov Chilonzorda daraxt kesilishi ortidan ushlangan va bir necha kun oʻtib qoʻyib yuborilgandi.