Qarshida bir oilaning besh aʼzosi nomaʼlum gazdan zaharlandi
Mazkur hodisa yuzasidan komissiya tuzildi.

Qarshi shahrida ota-ona va uch nafar farzand nomaʼlum etiologik moddadan zaharlandi. Aytilishicha, modda qozonxona dudburonidan ajralib chiqqan.
Bu haqda Qarshi shahar hokimining baxtsiz hodisa tafsilotlarini oʻrganish va bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarorida aytiladi.
Hodisa 27 yanvar sanasida sodir boʻlgan, besh kishi Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan, hozirda ahvoli barqaror.
Mazkur hodisa yuzasidan komissiya tuzilgan. Unga Qarshi shahar hokimi oʻrinbosari rahbar etib tayinlangan. Komissiya mazkur hodisa va shunga oʻxshash voqealarni oʻrganadi.
Biroz avval Toshkent viloyati ishchi kanalizatsiyaga tushib ketib zaharlangan va vafot etgandi.