platina.uz
Jamiyat

Toʻlov hujjatlaridan koʻchirma berish boʻyicha talab bekor qilindi

Shuningdek, OAVni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni ham yengillashtirilmoqda. 

Toʻlov hujjatlaridan koʻchirma berish boʻyicha talab bekor qilindi

Toʻlov hujjatlari koʻchirma nusxalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-905-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqqanlik yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji, yigʻimlar yoki boshqa toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi toʻlov hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi.

Shuningdek, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, OAVni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi arizani roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, advokatga guvohnoma berish muddati 2 ish kuni etib belgilandi. (Ilgari 3 ish kuni edi)

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Avvalroq Zulfiya mukofotini berish tartibiga oʻzgartirish kiritilgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid