Ozarbayjonda prezidentlik saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi
Saylovda aholining 76 foizi qatnashgani aytildi.

Ozarbayjonning amaldagi prezidenti Ilhom Aliyev muddatidan oldin oʻtkazilgan saylovlarda 92,1 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi, deb xabar bermoqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi.
Hozirda byulletenlarning yarmidan koʻpi sanab boʻlingan. Ikkinchi oʻrinni 2,2 foiz ovoz bilan parlament deputati, mustaqil nomzod Zohid Oʻruj egalladi.
Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mazohir Panaxovning aytishicha, saylovda 76 foizdan ortiq aholi ishtirok etgan.
Ekzit-polllar shunga oʻxshash raqamlarni bashorat qildi - va umuman olganda, natija oldindan taxmin qilinadigan boʻldi.
Davlat rahbari lavozimiga yetti nafar nomzod daʼvogarlik qildi, jumladan, beshinchi bor qatnashayotgan Aliyev. 2018 yilda boʻlib oʻtgan soʻnggi saylovlarda uni 86,22 foiz ovoz bilan gʻalaba qilgandi. U mamlakatni 2003 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Shuningdek, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevni Prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladilar. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.