Lukashenko "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga bordi
Unga bosh vazir Abdulla Aripov hamrohlik qildi.

Rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 8 fevral kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Unga bosh vazir Abdulla Aripov hamrohlik qildi.
"Oliy martabali mehmon majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Vatanimizning 3 ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni oʻzida ifoda etgan ushbu majmua Belarus delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi" deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Lukashenko kecha 7 fevral kuni mamlakatimizga yetib kelgandi. Oʻzbekiston va Belarus prezidentlari "Humo arena" ga tashrif buyurib, xokkey bahsini kuzatdilar.