platina.uz
Jamiyat

DXX advokat va Milliy gvardiya xodimini qoʻlga oldi

Samarqand viloyatida maxsus tadbir oʻtkazildi. 

DXX advokat va Milliy gvardiya xodimini qoʻlga oldi

DXX Milliy gvardiya xodimi va advokatni pora bilan qoʻlga oldi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir natijasida 1990 y.t., Oqdaryo tumanida yashovchi, Milliy Gvardiya Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Ishtihon tumanlararo qoʻriqlash boʻlimi xodimi F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib fuqarodan 1.500 AQSh dollarini olgan vaqtida qoʻlga olindi.

Shuningdek, boshqarma tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbir davomida, advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilishini bekor qilish maqsadida oʻzining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib, buning uchun fuqarodan 600 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, "Sh.A.” MChJ rahbari Sh.T. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidagi universitetga 2-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishi hamda oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berishi evaziga 2 000 AQSh dollari va 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avval DXX qalbaki dori tayyorlovchi tibbiyot xodimini ushlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid