platina.uz
Siyosat

Lukashenko bugun Oʻzbekistonga keladi

Toshkentda ikki davlat oʻrtasida Hududlararo forum oʻtkazilmoqda. 

Lukashenko bugun Oʻzbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi, ularda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Oʻzaro tovar ayirboshlashni oshirish, qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kommunikatsiyalar va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Professional taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari ham muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Tashrif arafasida Toshkent shahrida ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlari ishtirokida qator ishbilarmonlik tadbirlari – Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid