platina.uz
Jamiyat

Guliston hokimi sogʻligʻidagi muammolar sabab ishdan ketdi

Shuningdek, Andijondagi tumanlardan biriga ham vaqtinchalik rahbar tayinlandi. 

Guliston hokimi sogʻligʻidagi muammolar sabab ishdan ketdi

Guliston shahar hokimi Dadabayev Toʻlqinjon Toʻlanovich sogʻligidagi muammolar sabab oʻz arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot oʻrnida, Toʻlqinjon Dadaboyev 1965 yil Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2018 yil iyun oyida Guliston shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi, unga qadar “Toshshahartransxizmat” AJning kapital qurilish xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Guliston shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish, 2021 yilning may oyidan shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan — Botirov Gʻayrat Axmatovich zimmasiga yuklatilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Gʻayrat Botirov 1978 yili Boyovut tumanida tugʻilgan. 1999 yili Samarqand davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. U shahar hokimligidagi ish faoliyatidan avval, Sirdaryo viloyati davlat Soliq boshqarmasi yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Mirzaolimov Akmaljon Aliyevich Xoʻjaobod tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.

Akmaljon Mirzaolimov 1979 yilda Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 2005 yilda Andijon qishloq xoʻjalik institutining iqtisodiyot yoʻnalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida fermer xoʻjaliklarida hisobchi, tijorat banki mutaxassisi, gʻaznachilik boʻlinmasi inspektori, viloyat hokimligi bosh mutaxassisi, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasida boʻlim boshligʻi va MFYda hokim yordamchisi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ushbu lavozimga qadar Xoʻjaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid