Oʻzbekiston oltin oldi-sotdisida dunyoda ikkinchi boʻldi
Oltinning asosiy xaridori Turkiya boʻlib qolmoqda.

Oʻzbekiston 2023 yilda oltin sotish va xarid qilish boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda World Gold Council xabar berdi.
Mamlakatni faqatgina Qozogʻiston oltin sotish boʻyicha ortda qoldirgan.
Oʻzbekistonning oltin boʻyicha sof savdosi 25 tonnani tashkil etmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Markaziy banki oltinning ikkinchi yirik xaridoriga aylandi. Oʻtgan yilning dekabr oyida respublika 9 tonna qimmatbaho metall sotib oldi.
Dekabr oyida global markaziy bank oltin zaxiralari 28 tonnaga oshdi. Turkiya eng yirik xaridor boʻlib qolmoqda, u oʻz zaxiralarini oyiga 28 tonnaga oshirdi. Oʻzbekistondan keyin Xitoy ham kuchli uchlikka kirdi – 9 tonna.
Qozogʻiston oʻtgan yilning soʻnggi oyida oltinning asosiy sotuvchisiga aylandi. Mamlakat bir oy oldingiga nisbatan besh baravar koʻp – dekabrda 10 tonna (noyabrda 2 tonna) qimmatbaho metall sotgan. Bundan tashqari, qoʻshni Qirgʻiziston dekabr oyida 2 tonna sotgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili noyabrda Oʻzbekiston jahonda eng koʻp oltin sotgan mamlakat boʻlgandi.