platina.uz
Jahon

Britaniya qiroli saratonga chalindi

Qirol vakolatlarining bir qismi shahzoda Uilyamga oʻtadi. 

Britaniya qiroli saratonga chalindi

Buyuk Britaniya taxti vorisi shahzoda Uilyam otasi qirol Charlz III ning davlat vazifalarini bir qismini oʻz zimmasiga oladi. The Times nashri shu haqda xabar bergan.

Bunday hokimiyat tranzaksiyasi qirolga saraton tashxisi qӯyilgani bilan bogʻliq.

Buyuk Britaniya monarxlarining qarorgohi Bukinghem saroyi bayonotiga kӯra, yaqinda qirol prostata bezidagi xavfsiz oʻsma tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Yakuniy tashxis jarayonlari saraton shaklini aniqlab bergan.

"Hazrati oliylari bugun muntazam davolanishga kirishdi, shu sababli shifokorlar unga jamoat majburiyatlarini keyinroqqa qoldirishni maslahat berishdi", — deyiladi bayonotda.

Eslatib ӯtamiz, Buyuk Britaniyada cheklangan monarxiya siyosiy tizimi ӯrnatilgan. Bu yerda monarx timsoliy va nominal hokimiyat egasi hisoblanadi. Asosiy ichki va tashqi siyosat parlament va Bosh vazir zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib oʻtamiz, 75 yashar qirol Charlz III 2022 yil sentabrda hokimiyatga kelgandi. Shu yili mamlakatni 1952 yildan beri boshqarib kelgan qirolicha Yelizaveta II vafot etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid