platina.uz
Jamiyat

Kanalizatsiya quvurini tozalamoqchi boʻlgan ishchi zaharlanib vafot etdi

Shuningdek,  yana bir kishi tok urishi oqibatida qurbon boʻlgan. 

Kanalizatsiya quvurini tozalamoqchi boʻlgan ishchi zaharlanib vafot etdi

Toshkent viloyati Angren shahrida kanalizatsiya quvurini tozalamoqchi boʻlgan ishchi zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xabarida aytiladi.

Xabarga koʻra, mahalliy MChJda ish taqsimlovchi lavozimida ishlayotgan Oʻ. Ikramov 2024 yil 8 yanvar kuni kanalizatsiya quvurini tozalash uchun tushganda nomaʼlum gazlardan zaharlangan.

Shuningdek, 2024 yil 18 yanvar kuni Qibray tumanidagi MChJ qorovuli ham baxtsiz hodisa qurboni boʻlgan. U issiqxona tomiga chiqqanda kuchli tok urishidan vafot etgan.

Bandlik boshqarmasi eʼlon qilgan hujjatlarga koʻra, har ikkala hodisa yuzasidan komissiya tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avval ham Toshkent viloyatida baxtsiz hodisa sabab ikki kishi vafot etgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid