Chinoz tumaniga yangi hokim tayinlandi
Avvalgi hokim Zoyir Mirzayevga birinchi oʻrinbosar boʻlgandi.

Salixov Sherzod Abduhakimovich Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Sherzod Salixov 1982 yili Toshkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2004 yili Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2017 yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Sherzod Salixov mehnat faoliyatini Toshkent tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi shirkat xoʻjaligida ishchi vazifasida boshlagan.
Shuningdek, faoliyati davomida u “Abduhakim baraka” fermer xoʻjaligi rahbari, Zangiota tumani “Navoiy mirishkor” agrofirmasi rahbari, Toshkent tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari singari masʼul vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Sherzod Salixov Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, avval Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlagan Botir Alimbekov yanvar oyi oxirida Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.