Chilidagi yirik oʻrmon yongʻinlarida qariyb 100 kishi halok boʻldi
Mamlakatda motam eʼlon qilindi.

Chilidagi sodir boʻlayotgan yirik oʻrmon yongʻinlari oqibatida kamida 99 kishi halok boʻldi. Yangilangan maʼlumot davlat sud-tibbiyot ekspertizasi xizmati tomonidan X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qilingan.
Avvalroq 64 kishi halok boʻlgani, 372 nafari bedarak yoʻqolganligi maʼlum edi.
Chili prezidenti Gabriyel Borich qurbonlar soni ortishi mumkin. Qutqaruvchilar vayron boʻlgan uylarni koʻzdan kechirmoqda. Baʼzi jabrlanganlar kasalxonada ogʻir ahvolda.
Eslatib oʻtamiz, Chili markazida 2 fevral kuni yirik oʻrmon yongʻinlari yuz berdi. Ular Vina del Mar shahri yaqinidagi Valparaiso mintaqasida ayniqsa keskin tus oldi. Kamida 1,6 ming kishi uy-joysiz qoldi. 1931 yilda tashkil etilgan botanika bogʻi yonib bitdi.
Chili hukumati Valparaiso viloyatida favqulodda holat eʼlon qildi. 5 fevraldan boshlab uch kunlik motam eʼlon qilingan.