“Toʻpalang” MChJ tabiatga 1 mlrd. soʻmdan ortiq zarar keltirdi
Bu Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Kasbi tumanida oʻtkazgan reyd tadbirlarida aniqlangan.

“Toʻpalang” MChJ masʼullari "Denov-Novqat" kanalini rekonstruksiya qilish jarayonida kanal qirgʻogʻiga ekilgan jami 150 ta daraxtni ildizlari bilan qoʻporib tashlagan.
Bu Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Kasbi tumanida oʻtkazgan reyd tadbirlarida aniqlangan. Natijada tabiatga 1 milliard 165 million 350 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Bu bilan “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni talablari buzilgan.
Qayd etilishicha, daraxtlarni kesish yoki koʻchirib oʻtqazish boʻyicha amaldagi tartiblarga rioya etilmagan va murojaat qilinmagan.
Hujjatlar yetkazilgan zararni undirish va aybdorlarga qonuniy chora koʻrish maqsadida Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
