Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga yangi rahbar tayinlandi
Markazga shu vaqtga qadar Minhojiddin Hojimatov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga yangi rahbar tayinlandi.
Otabek Abdurashidovich Hasanov Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Otabek Hasanov 1985 yilda tugʻilgan. 2013- 2017-yillarda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, 2017- 2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi boshqaruvi akademiyasi „Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash“ fakulteti dekani, 2019 - 2020-yillarda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Eslatib oʻtamiz, markazga shu vaqtga qadar Minhojiddin Hojimatov rahbarlik qilib kelayotgandi. U mazkur lavozimni 2019 yil sentabrda egallagandi.
