platina.uz
Jamiyat

Ayol inspektorlarga yangi vakolat berildi

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi. 

Ayol inspektorlarga yangi vakolat berildi

Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlariga qoʻshimcha vakolat berildi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-902-son, 01.02.2024 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritilgan.

Unga koʻra, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlikda, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini isteʼmol qilganlikda, shuningdek voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlikda aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlariga zarur vakolatlar berildi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlariga tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish vakolati berildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid