platina.uz
Jamiyat

MTRK raisi ishdan olindi

U ilk bor 2005 yilda teleradiokompaniya rahbarligiga kelgandi. 

MTRK raisi ishdan olindi

Alisher Xodjayev MTRK raisi lavozimidan ozod etildi.

U 2020 yildan buyon Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimida faoliyat yuritib keladi. Bundan avval u 2005 — 2017 yillar orasida ham Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida (hozirgi MTRK) rais boʻlib ishlagan. 2017fevralda ishdan boʻshatilgan va shu yilning avgustida yana MTRK raisi v.b etib tayinlangan. Bu vaqt oraligʻida Xodjayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosarligi lavozimida faoliyat yuritdi.

Shuningdek, Abdurashid Joʻraboyev Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga raisi etib tayinlandi.

U 2023 yil 14 fevraldan buyon Bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abdurashid Joʻraboyev mehnat faoliyati davomida Prezident maslahatchisi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat koʻrsatgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid