Xorijga sayohatga vaucher, iPhone 15, PS-5 va boshqalar
Koʻpchilikka tanish boʻlib ulgurgan Biz Media platformasi Biz Media promo-aksiyasini boshladi.

Koʻpchilikka tanish boʻlib ulgurgan Biz Media platformasi Biz Media promo-aksiyasini boshladi.
Mazkur «Biz Media promo-aksiyasini oʻtkazish foydalanuvchilarning diqqatini qoʻshimcha tarzda jalb qilish, shuningdek, BizTV MChJ tomonidan taqdim etiladigan Biz Media platformasiga obuna sotuvini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Aksiya shartlari
Aksiya joriy yil 1 fevraldan 20 martgacha oʻtkaziladi. Unda 14 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqorolari ishtirok etishlari mumkin. Aksiyada ishtirok etish uchun ishtirokchilar yuqoridagi muddat davomida Biz.TV platformasida roʻyxatdan oʻtib, PREMIUM YIL (1 yillik) tarif rejasini sotib olishlari kerak.
Shuningdek, ular Biz Media platformasi, Biz Tour (aksiya hamkori) va Biz TV (aksiya hamkori) Instagram sahifalariga obuna boʻlishlari kerak. Undan soʻng taqdim etilgan shaxsiy ID-ni Biz Media platformasining Instagramdagi rasmiy sahifasidagi joylangan tanlov posti ostiga izoh sifatida yozib ketishlari shart.
Eslatib oʻtamiz, bitta ID-dan aksiya doirasida faqat bir marta foydalanish mumkin.
Sovrinlar
Ushbu aksiya doirasida quyidagi covrinlar oʻynaladi:
- Biz Tour’dan 300$lik 3ta vaucher;
- 3 dona Apple iPhone 15 (128 GB) smartfoni;
- 1 dona Dyson Supersonic Hair Dryer soch quritish feni;
- 1 dona PlayStarion-5 oʻyin konsoli.
Har bir roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchi 4 xil toifadagi sovrinlar oʻyinida ishtirok etadi. Aksiya davomida jami 8 ta sovgʻa oʻynaladi. Bir aksiya ishtirokchisi butun aksiya muddati davomida faqat bir marta sovgʻa yutib olishi mumkin.
Gʻoliblar 2024 yil 21 martda Biz Media platformasining Instagramdagi rasmiy sahifasida jonli efir orqali aniqlanadi.
Oʻyin va gʻoliblarni aniqlash tashkilotchi vakillaridan iborat komissiya aʼzolari ishtirokida Instagramdagi post ostida ID raqamini yozib qoldirganlar orasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oʻyinlar Instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali onlayn translyatsiya qilinadi.
Aksiya boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni quyidagi telefon raqami orqali aniqlashtirish mumkin: (+998) 55 500-95-59.
Biz Media qanday platforma?
Biz Media platformasi – barcha kontentlar (kino, serial va multfilmlar) oila davrasida koʻrish uchun moʻljallangan platforma boʻlib, u har qanday ortiqcha sahnalardan xoli. Unda boshqa platformalarda topilmaydigan serial va filmlarni toʻliq davlat tili – oʻzbek tilida professional dublyaj talqinida, 5 xil qurilmada tomosha qilish mumkin. Shuningdek, platformada 70 dan ortiq telekanallar ham bor.
Biz Media – oʻtgan yili 3 yillik yubileyini oʻtkazgan Biz TV onlayn telekanali tarkibidagi platforma boʻlib, u ham bir nechta platformalar(Biz Cinema, Biz Music, Truck FM)ni oʻz ichiga oladi. Xususan: uning tarkibidagi Truck FM radiosi (chet elda yuk mashinasini haydaydigan hamyurtlarimiz uchun maxsus radio) oʻtgan yilning iyul oyida ishga tushirilib, bir oy ichida AQShning 60 000 dan ortiq radiostansiyalar efirlarini jamlagan "Radio.net" platformasiga ham qoʻshildi.
Hamkorlik asosida